Oqibat — Sahifalar tarjimoni UZ ↔ RU
Ochiq sahifa va belgilangan matnni tarjima qilish (matnlar va ko'rish tarixi saqlanmaydi)
Qanday ishlaydi
Oqibat yangiliklar, davlat xizmatlari, hujjatlar va e'lonlarni matnni alohida oynaga nusxalamasdan o'qishga yordam beradi. Kengaytma sahifa dizaynini buzmasdan matnlarni joyida o'giradi, pastga tushganda yangi yuklangan qismlarni avtomatik tarjima qiladi va brauzer belgisida jarayon foizini ko'rsatadi. «Asliga qaytarish» tugmasi sahifani qayta yuklamasdan dastlabki matnni tiklaydi. Oddiy tezkor Google Translate yoki murakkab jumlalarni tabiiy o'giradigan Gemini Flash-Lite sun'iy intellekt rejimini tanlash mumkin.
Asosiy imkoniyatlar
- ✓ 1 bosishda to'liq sahifa tarjimasi, skrollda avtotarjima va qayta yuklamasdan asl matnga qaytish
- ✓ O'zbek (lotin va kirill), rus hamda Markaziy Osiyoning 6 ta tili qo'llab-quvvatlanadi (v1.5.1)
- ✓ Ikki xil dvijok: tezkor keshli Google Translate va ohang tanlashga ega Gemini Flash-Lite AI
- ✓ Sichqonchaning o'ng tugmasi orqali belgilangan matnni qalqib chiquvchi oynada tarjima qilish
- ✓ Kengaytma belgisida jonli foiz ko'rsatkichi (0% → 100% → OK) va to'liq maxfiylik
Foydalanish shartlari
Google Translate orqali bepul to'liq sahifa tarjimasi hamda Gemini Flash-Lite neyrotarjimasi (katta hajmlar uchun PRO-kalitlar qo'llab-quvvatlanadi).
Savollar va takliflar
Biror narsa ishlamay qoldimi yoki taklifingiz bormi? Bevosita botga yoki pochtaga yozing:
Ko'p beriladigan savollar (FAQ)
Gemini AI rejimi oddiy tarjimadan nimasi bilan farq qiladi?
Oddiy rejim Google Translate va lokal kesh yordamida sahifani bir zumda o'giradi. Gemini Flash-Lite rejimi esa murakkab maqolalar hamda lotin va kirill aralash matnlar kontekstini chuqur tushunib, tabiiy tilda tarjima qiladi.
Tarjima qilingan matnlar yoki kirilgan saytlar tarixi saqlanadimi?
Yo'q. Oqibat matnlarni, sahifa manzillarini yoki IP-manzillarni hech qayerda saqlamaydi.
Alohida abzasni qanday tarjima qilish va asl sahifani qanday qaytarish mumkin?
Matnni belgilab, sichqonchaning o'ng tugmasi orqali «Перевести через Oqibat» bandini tanlang. To'liq tarjima qilingan sahifada esa «Asliga qaytarish» tugmasi varaqni qayta yuklamasdan dastlabki matnni tiklaydi.